Brend materiallari
Bu sahifa jurnalistlar, ko'rgazma tashkilotchilari va hamkor dizaynerlari uchun. Logotip fayllari, firma ranglari va kompaniya haqidagi qisqa ma'lumot bir joyda turadi.
Materiallardan yangiliklar, maqolalar va hamkorlik e'lonlarida erkin foydalanish mumkin. Reklama kampaniyasida yoki mahsulot qadog'ida ishlatish uchun yozma ruxsat talab qilinadi.
Logotip
Fayllar SVG formatida: istalgan o'lchamda sifat yo'qotmaydi. Oq fon uchun asosiy variant, to'q fon uchun teskari variant beriladi.
Belgi
Avatar, favicon va ilova ikonkasi uchun. Matnsiz ishlatiladi.
Gorizontal logotip
Sayt sarlavhasi, blank va prezentatsiya kolontituli uchun asosiy variant.
Vertikal logotip
Ko'rgazma stendi, banner va kvadrat maydonlar uchun.
Firma ranglari
Qizil faqat eksklyuzivlik va urg'u uchun; barcha tugma va havolalar ko'k rangda.
- Vitamino qizil
- #ED0025
- Logotip va eksklyuziv vakillik urg'usi
- Vitamino ko'k
- #265BF6
- Tugmalar, havolalar, faol elementlar
- Asosiy matn
- #0E1526
- Sarlavha va matn
- Fon
- #F5F7FB
- Bo'lim fonlari va kartochkalar
Ishlatish qoidalari
Logotip atrofida belgi balandligining kamida yarmiga teng bo'sh joy qoldiring.
Mumkin
- Berilgan SVG fayllarni asl holida ishlatish
- Fon rangiga qarab och yoki to'q variantni tanlash
- Proporsiyani saqlagan holda o'lchamini o'zgartirish
- Yangiliklar va maqolalarda kompaniya nomi bilan birga berish
Mumkin emas
- Logotip rangini almashtirish yoki gradient qo'shish
- Cho'zish, qiyshaytirish yoki soya qo'shish
- Saytdan skrinshot olib rasm sifatida ishlatish
- Yozma ruxsatsiz hamkorlikni anglatuvchi tarzda joylash
Kompaniya haqida qisqacha
Matbuot xabari yoki katalog uchun tayyor ma'lumot.
- Nomi
- Vitamino Group
- Tashkil etilgan
- 2011
- Bosh ofis
- Toshkent
- Faoliyat
- Vitamin va BAD importi
- Elektron pochta
- info@vitaminogroup.com
- Telefon
- +998 78 555 9055
Boshqa material kerakmi?
Yuqori sifatli foto, rahbariyat sharhi yoki brend bo'yicha qo'shimcha ma'lumot uchun yozing.