Asosiy qismga o'tish

Kompaniya

Vitamino — vitamin va biologik faol qo'shimchalarni O'zbekistonga import qiluvchi va tarqatuvchi kompaniya. 2011-yilda Toshkentda ikkita brend bo'yicha ulgurji savdo bilan ish boshlaganmiz.

Nima bilan shug'ullanamiz

Chet el ishlab chiqaruvchilari bilan to'g'ridan-to'g'ri shartnoma tuzamiz, mahsulotni Sog'liqni saqlash vazirligida ro'yxatdan o'tkazamiz, import va bojxona rasmiylashtiruvini o'z zimmamizga olamiz va harorat nazoratli omborlarimiz orqali dorixona tarmoqlariga yetkazamiz.

Portfelimizdagi brendlarning bir qismi bo'yicha eksklyuziv import huquqiga egamiz — bu bozorda parallel import yo'qligini va brend narxi nazorat ostida qolishini anglatadi.

Nega bu muhim

Vositachisiz ishlash narxda ham, yetkazish muddatida ham ko'rinadi. Dorixona uchun bu barqaror qoldiq va oldindan ma'lum narx degani; ishlab chiqaruvchi uchun esa bozorda bitta javobgar sherik.