7-oktabr — «Epigenetika va Nutritsiologiya» xalqaro konferensiyasi
Vitamino dorixonalar tarmog'i ChildLife Essentials va Codeage (AQSh) ishtirokida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o'tkazadi. 7-oktabr, DoubleTree by Hilton Tashkent.
Vitamino dorixonalar tarmog'i «Epigenetika va Nutritsiologiya. Pediatriyadan faol uzoq umr ko'rishgacha salomatlikni boshqarish» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani o'tkazadi. Dasturda AQShlik ishlab chiqaruvchilar — ChildLife Essentials va Codeage vakillari hamda O'zbekistondagi amaliyotchi shifokorlarning ma'ruzalari bor.
Qachon va qayerda
Sana: 2026-yil 7-oktabr
Boshlanishi: 12:00 (ro'yxatdan o'tish 11:00 dan)
Joy: DoubleTree by Hilton Tashkent
Spikerlar
Dr. Murray Clarke — ChildLife Essentials asoschisi va prezidenti (AQSh)
Andoni Cid — International Business Development, CODEAGE (AQSh)
Nadira Akilova — integral, preventiv va Anti-Age tibbiyot shifokori, PreventAge vakili
Bahromova Nodira Akramovna — integrativ pediatr-neyrofiziolog, «Yashfina» markazi asoschisi
Dastur
11:00 — ishtirokchilarni ro'yxatdan o'tkazish
12:00 — konferensiya ochilishi va ma'ruzalar
14:00–15:00 — tushlik
16:30 — savol-javob sessiyasi
17:00 — yakun
Chiptalar
Konferensiya tibbiyot sohasi mutaxassislari uchun mo'ljallangan. Narxi 250 000 dan 500 000 so'mgacha bo'lgan chiptalarni iTicket.uz saytida xarid qilish mumkin.
Ishtirok etish va hamkorlik bo'yicha saytdagi forma orqali biz bilan bog'laning.